ИНТЕРНЕТ ДЛЯПРОФЕССИОНАЛОВ

SKS kompaniyasi 1998 yilning 1-mayida tashkil topgan bo'lib, u internet bozorida eng zamonaviy interfaol texnologiyalar va katta tajribaga egadir. Biz mijozlarimizga faqatgina sinalgan yechim va texnologiyalarni taklif qilamiz.

 

Kompaniyaning asosiy faoliyat yo'nalishlari quyidagilardir

  • ADSL/FTTB texnologiyasi vositasida Internet xizmatlarini ko'rsatish;
  • IT – Konsalting;
  • Web – xosting.

 

Kompaniyamiz strategiyasi Internet tarmog'iga sifatli va eng avvalo ishonchli va tezkorlik bilan kirishni ta'minlashga qaratilgan. Biz har bir abonentga u o'z faoliyatida eng so'nggi texnologiyalardan foydalanishi uchun imkoniyat yaratamiz hamda uni Internet tarmog'iga yuqori tezlikda kirish bilan ta'minlaymiz.

 

Servis tizimimizning muntazam takomillashib borishi samarasi o'laroq yangidan-yangi, yanada qulay va ma'qul tariflar ishlab chiqilmoqda. Har bir mijozga individual yondashish, yuqori malakali texnik qo'llab-quvvatlash, yoqimli tariflar – kompaniyamizning ustuvor vazifalari sanaladi.

 

Bizning xizmatlardan foydalanganingizda siz aynan o'zingizga mos kelgan tarif rejani tanlashingiz mumkin. Tarif rejalarimiz cheklanmagan hamda cheklangan trafikli tariflardan iborat.

 

Xizmatlarimizni tanlash orqali siz quyidagilarga ega bo'lasiz:

  • Bepul ulanish;
  • Internet tarmog'iga ishonchli va yuqori tezlikda kirish;
  • Individual yondashuv;
  • Sifatli servis;
  • Yuqori darajadagi texnik qo'llab-quvvatlash;
  • Turli xil tarif rejalari taklif etilib, bu orqali mijoz o'zi uchun eng qulay tarzda xizmatlarimizdan foydalanish imkoniga ega bo'ladi.